Iltimos, Yuklashni Kuting

ECU / Kompyuter tizimi - Panda AvtoServis

ECU / Kompyuter tizimi

ECU / Kompyuter tizimi — Panda Avto Servis

ECU (Engine Control Unit) yoki Kompyuter tizimi — bu avtomobilning “miyasi”. U dvigatel, gibrid tizimi, transmissiya, injeksiya, elektr modullar, xavfsizlik bloklari va hatto yoqilg‘i sarfigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni boshqaradi. Tizimda eng kichik nosozlik paydo bo‘lsa, avtomobil noto‘g‘ri ishlaydi, xatoliklar chiqadi yoki butunlay o‘chib qolishi mumkin.

ECU diagnostikasi va ta’miri — oddiy “kod o‘chirish” emas. Bu modulning ichki algoritmlarini, sensorlardan kelayotgan signallarni va barcha boshqaruv jarayonlarini chuqur tekshirish jarayonidir.

Biz quyidagi ishlarni amalga oshiramiz:

  • Xatolik kodlarini chuqur tahlil qilish — oddiy o‘qish emas, sababni topish.

  • Sensor va aktuator signallarini tekshirish — noto‘g‘ri signal, uzilish, kuchlanish muammolari.

  • ECU ichki xotirasi va algoritmlarini tahlil qilish — nosoz protsessor, shikastlangan fayllar, noto‘g‘ri ishlash.

  • Dvigatel boshqaruvini qayta sozlash — yonilg‘i aralashmasi, detonalatsiya, sovutish signallari, vaqtlash.

  • CAN/LIN tarmoqlari diagnostikasi — boshqaruv bloklari orasidagi aloqa sifatini tekshirish.

  • ECU ta’miri yoki almashtirilishi — faqat real ehtiyoj bo‘lsa.

Natijada avtomobil:
– barqaror ishlaydi;
– noto‘g‘ri tortilish, silkinish va o‘z-o‘zidan o‘chish yo‘qoladi;
– yoqilg‘i sarfi normaga qaytadi;
– barcha elektron modullar o‘zaro aniq ishlay boshlaydi.

Panda Avto Servis ECU bo‘yicha chuqur tajribaga ega: biz faqat xatolikni “o‘chirib” bermaymiz — haqiqiy sababni topamiz va yo‘q qilamiz. Shu sababli ta’mir natijasi uzoq davom etadi va mashina qayta “jonlanadi”.

Kim foydali?​

Xatoliklar ketmayotganlar

Dvigatel notekis ishlasa

Tortish sust bo‘lsa