Iltimos, Yuklashni Kuting

Batareya diagnostikasi - Panda AvtoServis

Batareya diagnostikasi

Batareya diagnostikasi — bu gibrid va elektromobillarning “yuragi” bo‘lgan HV batareya holatini chuqur tekshirish jarayonidir. To‘g‘ri diagnostika avtomobilning quvvati, yoqilg‘i sarfi, xavfsizligi va umumiy ishlash muddatiga bevosita ta’sir qiladi.

Diagnostika jarayonida batareyaning asosiy ko‘rsatkichlari tekshiriladi:

  • SOH (State of Health) — batareyaning haqiqiy holati va quvvati;

  • Balanslash — elementlar orasidagi tenglik darajasi;

  • Ichki qarshilik — zaryad/razryad samaradorligi;

  • Harorat ko‘rsatkichlari — qizish va sovish jarayoni;

  • Xatolik kodlari (DTC) — tizimdagi nosozliklar.

Nega bu muhim?
Chunki nosoz yoki nomutanosib HV batareya quyidagi muammolarga olib keladi:
– kuchning pasayishi;
– ortiqcha yoqilg‘i sarfi;
– avtomobilning tortilishi zaiflashishi;
– batareyaning tez isishi;
– elementlarning erta ishdan chiqishi.

Shuning uchun diagnostikani o‘z vaqtida qilish — batareyaning umrini uzaytiradi, xavfsizlikni oshiradi va qimmat ta’mirlardan qutqaradi.


Panda Avto Servis» — professional batareya diagnostikasi markazi

Bizning mutaxassislar:

  • zamonaviy uskunalarda ishlaydi;

  • har bir avtomobil turiga mos HV protokollarni qo‘llaydi;

  • batareyaning to‘liq holati bo‘yicha aniq hisobot beradi;

  • xavfsiz ishlash standartlariga qat’iy rioya qiladi.

Biz tez, aniq va sifatli ishlaymiz — ortiqcha gap yo‘q.
Agar avtomobilingizda kuch pasaygan bo‘lsa, gibrid rejimi noto‘g‘ri ishlasa yoki SOHni bilmoqchi bo‘lsangiz — diagnostika shart.

Kim foydali?​

Kuch pasayganlar uchun

SOH tekshirmoqchilar

Gibrid rejimi buzilganlar